Alkares ATP reytingida peshqadamga aylangan tarixdagi eng yosh tennischiga aylandi!

  • 12 sentabr, 2022, 21:27
  • 0
  • Tennis

Avval xabar berganimizdek, tennis bo‘yicha “Ulkan toj” turkumiga kiruvchi US Open musobaqasi finali ispaniya 19 yoshli tennischi Karlos Alkaras norvegiyalik Kasper Ruudga qarshi kortga va to‘rt set natijasiga ko‘ra g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Faoliyati davomida ilk bor “Ulkan toj” sovrinini qo‘lga kiritgan Alkaras joriy mavsumdagi beshinchi sovringa ega chiqdi va ATP reytingida 6740 ochkoga ega bo‘lgan holda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. E’tiborlisi, u bu natijaga erishgan tarixdagi eng yosh tennischiga aylandi.

Bundan tashqari, Karles bu mavsum musobaqalarda jami 7,4 million dollar ishlab topdi va bu borada ham unga teng keladigani topilmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!