Allazov ONE FC bilan shartnomasini bekor qilmoqchi!

Kikboksing bo‘yicha engil vazn toifasida ONE chempioni Chingiz Allazov promoush bilan amaldagi shartnomadan qoniqmasligini va uni bekor qilmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Allazov faoliyatini ONE da yakunlamoqchi ekanligini ham aytdi.

Bilaman, ONE kikboksingdagi eng yaxshi promoushenlardan biri. Bu ayni haqiqat, ammo amaldagi shartnoma meni qoniqtirmayapti. One Championship ga chuqur minnatdorlik bildiraman. O‘tgan vaqt davomida men vazn toifasidan qat’iy nazar eng yaxshi jangchiga aylandim. Endi boshqa rejalarim bor. Faoliyatimni ONE bilan yakunlayman”, - deydi jangchi.

Eslatib o‘tamiz, Allazov o‘zining so‘nggi jangida Marat Grigoryanni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!