Anchelotti Bellingemning zaxiraga olinishi haqida gapirdi

EChL yarim finalidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Real" uchrashuvida tomonlar durangga imzo chekdi. Dastlab, Vinisius hisobni ochgan bo‘lsa, Sane imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Oradan ko‘p o‘tmay Keyn jamoasini oldinga olib chiqdi. 

Mazkur o‘yinda Bellingem o‘zini ko‘rsata olmadi va 75-daqiqada zaxiraga olindi. U hatto "Barsa" va "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinlarda ham to‘liq harakatlangan. Ushbu holatga madridliklar ustozi Karlo Anchelotti o‘z fikrini bildirdi. 

"Bellingem bugun o‘zining eng yaxshi o‘yinlaridan birini ko‘rsatib bera olmadi. Unda 60-daqiqadan keyin kramplar sezildi va Judni zaxiraga olishga majbur bo‘ldim, - dedi italiyalik mutaxassis. 

Bellingemning jarohat olgani haqida mish-mishlar yo‘q. Murabbiy ehtiyot chorasi sifatida shu ishga qo‘l urgan bo‘lishi ham mumkin. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!