Badiiy gimnastika. Vakillarimiz bugungi bahslarni 6 ta medal bilan yakunladi!

Tailandda o‘tayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatining navbatdagi kun bellashuvlari ortda qoldi. Ushbu kun dasturida mahoratli qizlarimiz olti bor shohsupaga ko‘tarilishdi.

Kun davomida jamoamiz jamg‘argan medallar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronzani tashkil etdi. Taxmina Ikromova ko‘pkurash, Natalya Usova yoshlar o‘rtasida halqadagi dasturda oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsalar, ko‘pkurash yo‘nalishida ham qizlarimiz bosh sovringa ega chiqishdi.

Shahzoda Ibragimova, Nargiza Jumaniyozova, Nilufar A’zamova, Mumtoza Ishoqzoda, Xurshida Abduraufova va Mariya Pakdan iborat jamoamizning 5 halqada bajargan chiqishi kumush medalga loyiq ko‘rildi. Anastasiya Sarantsovaning to‘p bilan, yoshlar jamoamizning (Domenika Damirova, Viktoriya Neskubo, Irodaxon Sodiqova, Diyora Baxtiyorova, Mubina Kamolova va Yasmin Amira Mirzayarova) arqon bilan ijro etgan dasturi esa bronza medallarini keltirdi.

Ertaga musobaqaning so‘nggi kun bellashuvlari o‘tkaziladi. Unda ham jamoaviy va yakkalik dasturlarida medallar o‘z egalariga topshiriladi.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!