Beyl nega faoliyatini erta yakunlaganini aytdi

  • 10 iyul, 2023, 15:10
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid va Uels terma jamoasining sobiq vingeri Garet Beyl 33 yoshida faoliyatini yakunlash haqidagi qarori haqida gapirdi.

“Futbolni sevishni to‘xtatdim deb ayta olmayman. Men futbolda o‘zim xohlagan hamma narsaga erishdim. Afsuslanadigan hech narsa yo‘q. Faoliyatimdan to‘liq qoniqish hosil qildim. Menga futbol maydoniga chiqish yoqardi, lekin u oilam bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni xohlagdim", - deya Garetning so‘zlarini keltiradi "Goal" nashri.

Ma’lumot uchun, Beyl 2013 yildan 2022 yilgacha "qirollik klubi" sharafini himoya qilgan. U shuningdek, "Tottenxem", "Sautgempton" va "Los-Anjeles"da o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!