Breaking! Xavi iste’foga chiqarilishi mumkin

Yaqindagina "Barselona"da qolishini e’lon qilgan Xavi yana jamoani tark etish ehtimoli oshmoqda. 

Ispaniyaning bir qator nashrlari ma’lum qilishicha, 44 yoshli mutaxassisning bir necha kun oldin klubning iqtisodiy ahvoli haqidagi aytgan gaplari Joan Laportaga yoqmagan va prezidentning undan jahli chiqib, "Almeriya"ga qarshi o‘yinga tashrif buyurmadi. 

Laporta bundan oldin Xavini olib qolishga harakat qilgan bo‘lsa, endi Ernandesni jamoadan ketishiga ham qarshilik bildirmasligi mumkin. Uning yonidagilar murabbiyni bo‘shatish kerak, deya maslahatlar berishmoqda. Ammo hali so‘nggi qaror qabul qilinmagan. 

Xavining rahbariyat bilan kelisha olmayotgani bor gap. Bunga Vitor Rokening doimo zaxirada ekanligi misol bo‘la oladi. Aynan ushbu transferni Deku amalga oshirgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!