Chirchiqda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda

Bugun 4 may kuni  Chiroqchi tuman sport maktabida belbog‘li kurash bo‘yicha 2011-2013 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlariga start berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 300 nafardan ortiq yosh polvonlar belbog‘li kurashning klassik va erkin yo‘nalishida o‘z vazn toifalariga ko‘ra g‘oliblik uchun kurash tushishmoqda.  
Ta’kidlash joiz, Chiroqchi tuman hokimligi, Qashqadaryo viloyat sport boshqarmasi, viloyat belbog‘li kurash federatsiyasi,  tuman sport maktabi tomonidan mazkur musobaqaning ko‘tarinki ruhda o‘tishi uchun yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilgan. O‘zbekiston chempionatida dastlab, musoboqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Ochilish marosimida so‘z olgan Chiroqchi tuman hokimi Fayzulla Yusupov, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov hamda viloyat belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Farhod Jumanovlar  mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlarimizga qaratilayotgan yuksak e’tibor xususida ta’kidlab, musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi.
Shundan so‘ng musobaqa reglamentiga muvofiq, o‘g‘il bolalar belbog‘li kurashning klassik yo‘nalishida 13 ta vazn toifasida, qizlar esa erkin  yo‘nalishda 9 ta vazn toifasida bellashuvlarga kirishdi
Musobaqa 6 maygacha davom etadi.  
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!