Davron Fayziev O‘zbekiston MTJning Qatarga qarshi uchrashuvdagi imkoniyatlarini qanday baholadi?

Kecha Osiyo Kubogida chorak finallar start oldi. Bugun ushbu bosqich doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar bilan kuch sinashadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30da start oladi. O‘yinni taniqli sharhlovchi Davron Fayziev sharhlab boradi. Bellashuvni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi. Davron Fayziev telegramdagi sahifasida terma jamoamizning imkoniyatlarini yuqori baholadi.

- Bugun terma jamoamiz o‘zining eng yaxshi natijasini takrorlashi mumkin. O‘sha 2011 yilgi chempionat ham Qatarda o‘tgandi. O‘shanda ham mezbonlarni yutgandik, faqat start uchrashuvida. Chorak finalda ham nasib qilsa uddalaymiz! To‘g‘ri, Qatar amaldagi chempion, o‘z uyida, to‘la stadionda o‘ynaydi. Aynan shu faktorlar ularga ko‘proq bosim yuklashi mumkin. Qolaversa, O‘zbekiston doim Qatar uchun og‘ir raqib bo‘lgan, o‘zaro o‘yinlarda 9 bor g‘alaba qozonganmiz. Tarix va statistikani chetga surib, jamoalar solishtirilgandayam ustunlik bizda, deb o‘ylayman. Bu tarkibimiz katta yutuqlarga kuchi va potentsiali etishi haqida anchadan beri aytib kelaman. Birga ishlaganim uchun o‘ziga bo‘lgan ishonchini ko‘rganman. Bugun ham efir orqali birgamiz. Hammamiz. Sizga o‘yin atmosferasini, yigitlarga esa sizning energiyangizni etkazishga harakat qilaman. Olg‘a O‘zbekiston! - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Эргашев Файзулло
03/02/2024 15:20
50/50 нихойятда огир уйин булади шу уйинда ютган Осиё чимпион булади
&
Азизжон
03/02/2024 23:51
Колдикку
&
+998911709159
03/02/2024 16:18
Олга Узбекистон галаба чемпионатни охиригача курайлик бу сафар
&
Begʻon
03/02/2024 15:55
Бугун. Ютамиз.

Bugun.yutamiz.inshaallox



&
Адхамжон Низомов
03/02/2024 15:36
Бугун 2-1 га ютамиз иншааллох.Олга,йигитлар.Сизлар бу осие чемпионатида энг зурисизлар.