Devis kubogi. Yaponiyani taslim qilgan terma jamoamiz 2023 yilda o‘tadigan keyingi davraga yo‘l oldi

  • 17 sentabr, 2022, 20:59
  • 0
  • Tennis

“Devis kubogi” jahon saralash bochqichida Yaponiya vakillariga qarshi kortga chiqqan tennischilarimiz bugun barcha masalaga oydinlik qiritishdi. Kechagi bahsda kuchlar teng kelgan (1:1) bo‘lsa, bugun omad biz tomonda bo‘ldi.

S.Fayziev va D.Istomin juftligi yaponiyalik K.Uesugi va Y.Vatanukini 3:6, 7:6(3), 6:2 hisobida,  Sergey Fomin esa Sho Shimabukuroni 7:6(1), 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikki kun davom etgan bahslar natijalariga ko‘ra, yakuniy hisob 3:1 ko‘rinishiga keldi.

O‘zbekiston 3 – 1 Yaponiya

Denis Istomin – Sho Shimabukuro 6:3, 6:7, 6:7
Sergey Fomin – Shintaro Mochizuki 7:6, 7:6
S.Fayziev / D.Istomin – K.Uesugi / Y.Vatanuki 3:6, 7:6(3), 6:2
Sergey Fomin – Sho Shimabukuro 7:6(1), 7:5

Shu tariqa terma jamoamiz 2023 yilda o‘tadigan keyingi davraga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!