Dilshod Rahmatov: Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz va Jahon chempionatiga bundan ham kuchli bo‘lib qaytamiz

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi sardori Dilshod Rahmatov Osiyo kubogidagi ishtirok va kelajakdagi rejalar haqida fikr bildirdi. 

– Bu men uchun oltinchi Osiyo kubogi bo‘ldi. Avvalgilaridan farqli ravishda birorta o‘yinda mag‘lub bo‘lmadik va bronza medallarini qo‘lga kiritdik. Ushbu medal men uchun oltinga teng. Oddiy gapdek tuyulishi mumkin, ammo buning ortida katta mehnat turibdi. Yangi murabbiyimiz Xose Venansio Lopes yoshlarni ham tarkibga jalb qildi. Ularning aksariyati ilk bor Osiyo kubogida ishtirok etdi. O‘z ustimizda ishlashda davom etamiz. O‘ylaymanki, biz to‘g‘ri yo‘ldamiz va Jahon chempionatiga bundan ham kuchli bo‘lib qaytamiz. 

Eron bilan o‘yindan so‘ng uzhrashuvga ruhan tayyor emasdik. Kontsentratsiyani yo‘qotdik va Tojikiston arzimagan xatolardan foydalanib ketdi. Osiyo kubogi qit’ada kuchsiz jamoalar qolmaganini yaqqol ko‘rsatib berdi.

Manba: O‘FA

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!