Futzal, Osiyo kubogi. Bugun O‘zbekiston Eronga qarshi qanday libosda maydonga tushadi?

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Eronga qarshi uchrashuvda ko‘k libosda maydonga tushadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi. 

Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi milliy jamoamiz bugun Osiyo kubogi yarim final bosqichi doirasida Eronga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz to‘liq ko‘k libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, uchrashuv Toshkent vaqti bilan bugun soat 19:00 da “Bangkok Arena"da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!