Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston derbida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarga ega chiqdi!

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi 3-o‘rin uchun o‘yin doirasida Tojikiston - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. 

Asosiy vaqtlarda 5:5 hisobi qayd etildi va penaltilar seriyasiga murojaat etildi. Vakillarimizdan gollarga Ilhom Hamroev, Elbek To‘lqinov, Mehroj Xudoyberdiev, Ixtiyor Ropiev va Akbar Usmonov mualliflik qildi. Seriyada esa hamyurtlarimiz zafar quchdi - 3:1.

Ma’lumot uchun, final o‘yini Tailand va Eron terma jamoalari o‘rtasida kechadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!