Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi, finalda Tailand yirik hisobda mag‘lub etildi

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi final o‘yini doirasida mezbon Tailand va amaldagi vitse-chempion Eron terma jamoalari kuch sinashdi. Unda forslar yirik 4:1 hisobida g‘oliblikni tantana qildi. 

Shu tariqa, Eron milliy terma jamoasi 13 karra Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi. Tailand kumush medallarga ega chiqqan bo‘lsa, O‘ZBEKISTON terma jamoamiz bronza medallari sohibi bo‘ldi. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda o‘tadigan futzal bo‘yicha jahon chempionatiga Osiyodan 5 ta terma yo‘l oldi. Eron, Tailand, O‘ZBEKISTON va Tojikiston bilan birga Afg‘oniston ham yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
kenjebaev
28/04/2024 18:50
1111
kenjebaev
28/04/2024 18:50
1111
kenjebaev
28/04/2024 17:59
Omad
kenjebaev
28/04/2024 17:59
Kimga?