Gimnastika. Taxmina Ikromova Jahon kubogida sovrindor bo‘ldi

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova ko‘pkurash yo‘nalishida shohsupaga ko‘tarildi. Hamyurtimiz 4 mashq yakuni bo‘yicha 124.550 ball jamg‘arishga erishdi va bu unga bronza medalini taqdim qildi.

1-o‘rin - Stiliana Nikolova (Bolgariya) – 131.300
2-o‘rin - Safiya Rafaeli (Italiya) – 128.750
3-o‘rin - Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 124.550

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!