Gimnastikachilarimiz Osiyo chempionatida etakchilik qilishmoqda

Tailandning Pattayya shahrida o‘tkazilayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati jozibali raqobat ostida davom etmoqda. Quvonarlisi, musobaqaning bugungi kunida ham terma jamoamiz vakillari bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Kunning birinchi qismida to‘p bilan mashq qilish bo‘yicha 5 kishilik guruh bahsida terma jamoamiz qizlari oltin medallarga sazovor bo‘lishdi. Xalqada mashq qilish bo‘yicha yakkalik chiqishda o‘z omadini sinab ko‘rgan Ekaterina Fetisova esa bronza medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, o‘smirlar o‘rtasida to‘pda mashq bajarish bo‘yicha Yosmina Rahimova Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shu yosh toifasida arg‘amchidagi mashq bo‘yicha kechgan bellashuvda Taxmina Ikromova shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Shu tariqa terma jamoamiz vakillarining musobaqada qo‘lga kiritgan medallari 3 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronzani tashkil etmoqda. Bunday ko‘rsatkich bilan qizlarimiz, shubhasiz, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda turishibdi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!