Gimnastikachilarimiz Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Tailandning Pattayya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ayni paytga kelib, musobaqada ishtirok etayotgan terma jamoamiz vakillari 2 ta oltin va 1 ta kumush medallarini qo‘lga kiritishdi.

Sabina Tashkenbaeva yakkalik bellashuvlarining ko‘pkurash yo‘nalishi bo‘yicha oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Nurinisso Usmonova hamda Ekaterina Fetisova bilan jamoaviy bahsda ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Jamoaviy yo‘nalishda Xitoy va Yaponiya terma jamoalari kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishgan.

Shuningdek, guruh mashqlari bo‘yicha qatnashgan qizlarimiz kumush medalga sazovor bo‘lishdi. Bu bahsda Yaponiya birinchi, Xitoy termasi esa uchinchi natijani qayd etgan. Musobaqa davom etadi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!