Gimnastrada bo‘yicha sportchi xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Prezident Kubogi — 2022” marhamat!

Joriy yil 13-14-15 oktyabr kunlari “Prezident Kubogi — 2022” musobaqasining final bosqichi Toshkent shahrida joylashgan Gimnastika sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Musobaqada hududlardan jami 400 nafardan oshiq ishtirokchilar 3 toifada:

1) 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar

2) Miks

3) 45+ yoshdagi xotin-qizlar

o‘zaro bellashadilar.

G‘olib jamoaga O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi va bir qator hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!