ITKF karate-do: Jizzaxliklar O‘zbekiston chempionatida birinchi bo‘ldi!

23-24 mart kunlari Jizzax shahrida ITKF karate-do  bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘smirlar, yoshlar va katatlar o‘rtasida tashkil etilgan mamlakat chempionatida yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 500 dan ortiq sportchilar kata, kumite, jamoaviy kata, Kixon, En-Bu, En-Bu miks yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun bahs yuritishdi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, mazkur chempionat g‘olib va sovrindorlari may oyida tashkil etiluvchi Osiyo chempionatida ishtirok etish huquqini ham qo‘lga kiritishdi.

Ikki kun davom etgan musobaqa yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida Jizzax viloyati birinchi, Toshkent viloyati ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni samarqandlik karatechilar yakunlab berishdi.  

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!