Jokovichning Avstraliyaga kirish taqiqi bekor qilinadi

  • 11 sentabr, 2022, 17:54
  • 0
  • Tennis

“Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqalarning 21 karra chempioni Novak Jokovich 2023 yilgi Avstraliya ochiq chempionatida qatnasha oladi, deb xabar bermoqda Herald Sun nashri.

Manbaga ko‘ra, mamlakatning yangi immigratsiya vaziri Endryu Giles Jokovichning Avstraliyaga kirish uchun qo‘yilgan uch yillik taqiqini bekor qilishga qaror qildi. Serbiyalik tennischi buning uchun apellyatsiya shikoyati berishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Jokovich vizasi bekor qilinganidan so‘ng avtomatik ravishda Avstraliyaga kirish taqiqini olgan. O‘tgan hukumat uni rasman jamoat xavfsizligiga tahdid deb qaror chiqargan edi. Chunki u vaktsinaga qarshi salbiy fikrlar bildirgan va uning bu fikri jamoatchilik orasida salbiylikni qo‘zg‘atishi mumkin edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!