Keyingi turda birinchi o‘rin masalasini hal qilamiz (Guruhdagi holat)

Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Quvayt - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda hamyurtlarimiz 5:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Gollarga Alibek Davronov, Muhammadqodir Hamraliev, Hojimat Erkinov, Diyor Xolmatov va Husayn Norchaev mualliflik qildi. Qayd etish lozim, Norchaev hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaziyatlarda Norchaev penaltidan foydalana olmadi. Shuningdek, raqib futbolchisi Al-Tavil 73-daqiqada qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. 

Ikki uchrashuvdan so‘ng 6 ochko qo‘lga kiritgan vakillarimiz o‘z guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. Xuddi shuncha ochkoga ega Vetnam bilan keyingi turda 1-o‘rin masalasini hal qilamiz. 

Quyida ushbu bellashuvdan so‘ng guruhimizdagi vaziyat bilan tanishing: 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abror Xojiboyev
21/04/2024 06:27
Bosinglar! Omad a!