Lomachenko faoliyatini qachon yakunlashini aytdi

  • 2 may, 15:12
  • 0
  • Boks

 Vasiliy Lomachenko boksda yana qancha vaqt qolishni rejalashtirayotganini aytdi. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, ko‘p narsa uning tanasi og‘ir mashg‘ulotlarga qanday javob berishiga bog‘liq.

 "Men bu sport bilan juda uzoq vaqt shug‘ullanganman. Yana qancha muddat boks bilan shug‘ullanishimni aytish qiyin, juda qiyin. Ko‘p narsa tanamning navbatdagi mashaqqatli mashg‘ulotdan, yana bir og‘ir jangdan keyin qanday his qilishiga bog‘liq", - dedi bokschi.

Eslatib o‘tamiz, 12 may kuni Lomachenko(17-3, 11 KO) engil vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi urinishini amalga oshiradi.U avstraliyalik Jorj Kambossos(21-2, 10 KO)ga qarshi ringga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!