Maksim Shatskix: "Murabbiylarga validol tutqazadigan o‘yin ko‘rdik"

O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Metallurg" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.

Mazkur bellashuvda mezbonlar 4:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Maydon egalari safida gollarga Asqarov, Merk (dubl) va Cheran mualliflik qildi. Mehmonlarning uch goli esa Otaxonov, Milichkovich (penalti) va Sharipov nomiga qayd etildi. 

Bellashuvdan keyin "sherlar" bosh murabbiyi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugun muxlislarga yoqadigan, murabbiylarga esa validol tutqazadigan o‘yin ko‘rdik. 3:1 hisobida yutib turganimizda ikki juda qulay vaziyatdan foydalana olmadik. Ularni golga aylantirganimizda o‘yinni vaqtliroq tugatib qo‘ysak bo‘lardi. Imkoniyatdan foydalanishda futbolchining shaxsiy mahorati katta o‘rin tutadi.

O‘yin davomida o‘zimizga qiyinchilik yuzaga keltiramiz. To‘rtinchi golni urib olganimiz asqotdi. So‘nggi daqiqalarda yana asabiy holatga tushdik. Olimpiya terma jamoasidan yigitlar qaytgani biz uchun yaxshi bo‘ldi, albatta. Oradagi vaqt davomida o‘zimizga kelishga ulgurdik", - dedi Shatskix.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!