May oyida 79-o‘rinda qayd etilgan Garsiya yana kuchli o‘nlikka qaytishi mumkin

  • 8 sentabr, 2022, 08:45
  • 0
  • Tennis

Frantsiyalik tennischi Karolin Garsiya US Open natijalariga ko‘ra, WTA reytingida kuchli 10 talikka kiradi. Garsiya musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi. Endi uni bu bosqichda tunislik Ons Jaberga qarshi bahs kutmoqda.

Gap shundaki, chexiyalik tennischi Karolina Plishkova US Open ni tark etganidan so‘ng, Garsiyaning top-10 talikka qaytishi kafolatlandi.

Garsiya, dunyoning sobiq 4-raqamli raketkasi hisoblanadi. U 2018 yil oktyabr oyidan beri birinchi marta WTA reytingida kuchli 10 talikka qaytadigan bo‘ldi. U US Open ning yarim finalida mag‘lub bo‘lsa reytingda o‘ninchi, finalga chiqsa sakkizinchi, g‘alaba qozonsa beshinchi pog‘onaga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, Karolin Garsiya joriy yilning may oyida WTA reytingida 79-o‘rinda qayd etilgan edi. Shundan so‘ng u uchta turnirda g‘olib bo‘ldi va 41 uchrashuvdan 34 tasida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!