Muaytay bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida mashhur sportchilar o‘z yurishini boshlaydi!

Toshkent shahrida joylashgan “Universal” sport majmuasida 14 fevraldan muaytay bo‘yicha kattalar va U-15 yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi. Mazkur musobaqada Jahon, Osiyo chempionatlari va xalqaro nufuzli musobaqalarning g‘olib va sovrindorlari chempionlik uchun bahs olib boradilar.

Shuningdek, mazkur chempionat oldinda turgan xalqaro turnirlarga saralash vazifasini ham o‘tab beradi. Bugundan boshlab, kattalar o‘rtasida yurtimizning ko‘zga ko‘ringan muaytaychilari o‘z janglarini o‘tkazishni boshlaydi. Jumladan, eng vovrindor vakilimiz naimjon To‘xtaboev ham bugun o‘z yurishini boshlaydi. 

Ushbu turnir natijalarini ham e’tiboringizga havola etib boramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

muaytik1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!