Nadalning rekordini 17 yildan so‘ng boshqa bir ispaniyalik tennischi takrorladi

  • 8 sentabr, 2022, 12:38
  • 0
  • Tennis

Dunyoning to‘rtinchi raketkasi Karlos Alkaras AQSh ochiq chempionatining chorak finalida 13-raqamli Yannik Sinnerni mag‘lub etdi - 6:3, 6:7, 6:7, 7:5, 6:3. Uchrashuv 5 soat 15 daqiqa davom etdi.

Bu Alkaresning joriy mavsumdagi 58-o‘yindagi 49-g‘alabasi bo‘ldi. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha etakchi hisoblanadi.

19 yoshli Alkaras hamyurti Rafael Nadaldan so‘ng "Katta Dubulg‘a" turnirining yarim finaliga chiqqan eng yosh tennischiga aylandi. Ta’kidlash kerakki, Nadal 2005 yilda “Rolan Garros”da nafaqat yarim finalga chiqqan, balki musobaqa g‘olibligini ham qo‘lga kiritgan.

Endi Alkaras keyingi bosqichda amerikalik Frensis Tiafuga qarshi bahs olib boradi. Ushbu juftlik o‘tgan yili Barselonada ham to‘qnash kelgan va unda Tiafuning qo‘li baland kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!