Nafosat malikalari Navoiyda o‘zaro musobaqalashadi

Joriy yilning 21-25 noyabr kunlari Navoiy shahrida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha “NGMK kubogi” musobaqasi o‘tkaziladi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli “So‘g‘diyona” jismoniy tarbiya va sport klubining 2019 yilgi sport tadbirlari taqvim rejasiga muvofiq tashkil etiladigan mazkur musobaqada respublikamizning barcha viloyatlaridan jamoalar hamda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston, Ozarbayjon kabi o‘nga yaqin davlatdan ham sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Sir emaski, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlar sportini rivojlantirish, ayniqsa badiiy gimnastikani yanada ommalashtirishga jiddiy e’tibor berilmoqda. “NGMK kubogi” kabi musobaqalar esa ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarning uzviy davomi bo‘lib, unda qator xorijiy davlatlar vakillari ham ishtirok etishi musobaqaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!