Nagelsmann Germaniyaning 8-soniyada kiritgan goli haqida gapirdi

Yulian Nagelsmann o‘rtoqlik uchrashuvida Frantsiya ustidan qozonilgan g‘alabani yuqori baholadi. 

"Jamoam maqtovga loyiq. Biz juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, ayniqsa, birinchi 25 daqiqada biz bir nechta gol urishimiz mumkin edi. 

Maydon markazidan o‘yin rejalashtirilganidek boshlanishi kerak edi. Bizning bu bu borada murabbiyimiz Mads 
Buttgerayt tufayli hammasi a’lo darajada tayyorlandi va bajarildi. 

Ikkinchi taymda biz yana bosimni oshirdik va uch-to‘rtta juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldik. Umuman olganda, men juda mamnunman",
- dedi Germaniya terma jamoasi ustozi. 


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!