"Navbahor" transferlarini e’lon qilishda davom etadi -endi navbat Siyavush Haqnazariga!

  • 31 dekabr, 2023, 22:16
  • 0
  • Futbol

“Navbahor” klubi muxlislari uchun xushxabarga teng transfer yangiliklarini 31 dekabr kuniga saqlab turgan ekan. O‘tkir Yusupov, Jamshid Iskanderov va Ruslan Jiyanovdan keyin endi navbat eronlik Siyavush Haqnazariga etib keldi.

Eronlik tajribali yarim himoyachi Siyavash Haqnazari “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi. 

Haqnazari 1995 yil, 3 avgustda Eron poytaxti Tehron shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Eronning “Persepolis” (Tehron, 2012-2014 yillar),  “Malavan” (Enzeli, 2015-2017 yillar), AQShning “OKSK akademiya” (2014-2015 yillar), “OK Blues” (2015 yil), Ukrainaning “Skala” (2017 yil), “Volin” (Lutsk, 2018-2021 yillar), va O‘zbekistonning OKMK (Olmaliq, 2022-2023 yillar) jamoalarida o‘ynagan.

Shuningdek, Eronning U-15, U-17, U-20 terma jamoalarida ham to‘p tepgan.  

Eronlik futbolchi yakunlangan mavsumda olmaliqliklar tarkibida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan holda, 5 ta golga assistentlik qildi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!