OChLning hal qiluvchi o‘yini o‘zbekistonlik hakamlarga ishonib topshirildi

Xabaringiz bor, Osiyo Chempionlar ligasining final qarama-qarshiligi 2 uchrashuvdan iborat bo‘ladi. G‘arb va Sharq mintaqasidan OChL finaliga “Al-Ayn” hamda “Yokohama Marinos” yo‘l olgan.

Ikki klub o‘rtasidagi hal qiluvchi 2-final bahsini boshqarish Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasiga ishonib topshirilganini e’tirof etish lozim. Unga qanotlarda Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin yordam bersa, Rustam Lutfullin zaxira hakami vazifasini bajaradi. Shuningdek, yana bir hakamimiz Sanjar Shoyusupov zaxira yordamchi hakami vazifasini bajarishi ko‘zda tutilgan:

Hakamlar:
Bosh kaham:
Ilgiz Tantashev
Yordamchi hakamlar: Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin
Zaxira va yordamchi zaxira hamkamlar: Rustam Lutfullin, Sanjar Shoyusupov
VAR va AVAR hakamlari: Fu Ming, Sivakorn Pu-Udom

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
02/05/2024 16:11
Ўзбекистон номидан қатнашаяпсанми?!, - Ўзбекчани бил!