Oksana Chusovitina qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Olimpiada chempioni, uch karra jahon chempioni, 7 ta olimpiadada ishtirok etgan o‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Tokio olimpiadasidan so‘ng faoliyatini yakunlashini aytib o‘tdi.

"Men buni aniq qayta o‘ylab ko‘rmayman. Chunki o‘g‘limga Tokio mening yakuniy olimpiadamga aylanishi haqida va’da berganman. Keyin sportga aloqador boshqa ishlar bilan shug‘ullanaman. Ammo sportdan ketmayman, uning ichida qolaman.

Oilam meni doimo qo‘llab-quvvatlaydi, ayniqsa turmush o‘rtog‘im. Albatta, u mening jarohat olmasligim uchun ko‘p qayg‘uradi. Lekin u doimo qarorlarimni hurmat qilib, qo‘llab keladi. 

Men hech qachon yoshim haqida o‘ylamaganman. Men shunchaki ishtirok etaman va barchasi o‘xshaydi, menga yoqadi. Men doimo sinab ko‘r degan shior bilan yashayman. Yo‘qsa, keyin nega sinab ko‘rmadim deb afsuslanasiz", - dedi 44 yoshli, afsonaviy Chusovitina.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!