Oksana Chusovitinaning libosi Lozannadagi Olimpiya muzeyidan joy oldi (FOTO)

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi o‘zbek va jahon gimnastikasi afsonasi Oksana Chusovitinaning Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etgan ekipirovkasini Lozannadagi Olimpiya muzeyiga joyladi.

Hamyurtimiz sakkizinchi Olimpiadasidan so‘ng uni esdalik uchun muzeyga taqdim qilgan. Ushbu muzeydan zamonaviy Olimpiya o‘yinlariga oid eng qimmatli ma’lumot va eksponatlar joy olgan bo‘lib, unga yiliga taxminan 250 ming nafar inson tashrif buyuradi.

oksana

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!