Osimxenning boshi qotgan

 

Viktor Osimxen Frantsiya chempionatidan ko‘ra APLni afzal ko‘radi. 

"La Gazetta dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, forvard yozda "Napoli"ni tark etadi, ammo uning hamon qaerga borishi noma’lum. 

Unga PSJ varianti yoqadi. Shunday bo‘lsada, nigeriyalikning azaliy orzusi Angliya chempionati. Shu sababdan "Chelsi"ga o‘tish varianti yo‘q emas, garchi londonliklar EChLga yo‘llanma qo‘lga kiritmagan bo‘lsa ham. 

Osimxen joriy mavsum A Seriyaning 22 o‘yinida 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!