O‘zaro o‘yin hammasini hal qilib berdi?

Chempionlar ligasining final uchun kurashadigan pallasiga ham etib keldik. Yarim finalda to‘qnash kelgan "Bavariya" va "Real" o‘rtasida ilk o‘yin bo‘lib o‘tdi va unda tomonlar durangga imzo chekdi. Uchrashuvni esa Xayrulla Hamidov va Davron Fayziev sharhlab borishdi. Ajoyib sh’er bilan boshlangan bellashuv avvalida jurnalistlar "Bellingem zo‘rmi, yoki Musiala?", degan mavzuni o‘rtaga tashlashdi. Fayziev bunga shunday javob berdi: "Ayni paytda Judning reytingi yuqoriroq, lekin bitta gap bor, o‘zaro o‘yinlar hammasini hal qilib beradi".

FC Bayern München v Real Madrid: Semi-final First Leg - UEFA Champions League 2023/24

Bir yilda tug‘ilgan va bir terma jamoa tarkibida o‘ynagan bu yigitlarni yillar davomida solishtirib kelishadi. Jud Birmingemda, Jamal esa Shtutgartda dunyoga keldi. Ammo Musiala "Sautgempton" va "Chelsi" akademiyalarida tahsil olib, Angliya mamlakati uchun maydonga tushishni boshlaydi. Bu ikki do‘st U-15, U-16 va U-17 terma jamoasiga chaqiruv olishga muvaffaq bo‘lishdi. Ammo ular ajralishdi. "Bavariya"ga o‘tib Musiala Germaniyani tanladi.

Bundesliga: Musiala: Bellingham's childhood friend whose Bayern Munich  future could be up in the air | Marca

2020 yilda Bellingem ham "Borussiya"ga ko‘chib o‘tdi va ular o‘rtasidagi kurash boshlandi. Biroq, bu erning o‘z hukmroni bor. Shunday ekan, taqqoslash biroz qiyin bo‘lardi. Bugungi bahs esa buning uchun etarli bo‘ldi, degan fikrlar bildirilmoqda.

Jude Bellingham's influence on Jamal Musiala as Liverpool get green light  for transfer move - Mirror Online

Ular Bundesligada ko‘p to‘qnash kelishgan, lekin Chempionlar ligasining yarim finalida kim g‘alaba qozonsa, uning obro‘yi oshishi aniq. Dastlabki uchrashuvda 2:2 hisobida qayd etilgan bo‘lsa, qahramonlarimiz gol yoki, assist amalga oshirgani yo‘q, lekin Musiala "Real"ning o‘ng qanotini "kuydirib yubordi". O‘yin davomida paslari aniqligi 89 foizga teng bo‘lgan hujumkor yarim himoyachi bitta penalti ishladi. Keyn esa uni golga aylantirib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Jamal bugun 5 ta muvaffaqiyatli dribling ishlatdi, bu statistika "qaymoqranglilar" tarkibidagi barcha futbolchilarniki hisoblasa, 4 tani tashkil qiladi, ya’ni 21 yoshli nemis butun bir jamoadan ko‘proq dribling qildi.

FC Bayern München v Real Madrid: Semi-final First Leg - UEFA Champions League 2023/24

Kamiga Musialada o‘yindan oldin kichik jarohat ham borligini aniqlandi. Uchrashuvdan keyin unga savol berilganida, bellashuv avvalida og‘riq qoldiruvchi dori ichganini aytdi. Keyingi bahsgacha hammasi yaxshi bo‘lib ketadi, deya qo‘shimcha ham qildi. 

Bellingem esa bugun biz bilan Jud emasdi. U "Bavariya"ga qarshi o‘yinda 10 marta to‘pni oldirib qo‘ydi. Qisqa qilib aytganda, "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishga harakat qilayotgan futbolchiga biroz o‘xshamadi. 75-daqiqada zaxiraga olingan Yarim himoyachi odatda jamoasining so‘nggi daqiqalarda urib ketadigan gollariga mualliflik qilardi, ya’ni gol kerak bo‘lsa, Karlo uni maydondan olmaydi. Anchelotti ham 21 yoshli inglizning "o‘yini chiqmagani" haqida gapirdi. "Bugun Bellingem eng yaxshi bahslaridan birini o‘tkazmadi", dedi italiyalik mutaxassis. Kamiga uning ham uchrashuvdan oldin og‘riq his qilgani borasida mish-mishlar chiqa boshladi.

FC Bayern München v Real Madrid: Semi-final First Leg - UEFA Champions League 2023/24

Judni tanqid qilishga shoshilmaymiz, chunki bizda javob o‘yini bor. Shunchaki, buni birinchi qism, deb hisoblaymiz. Ikkinchi qism esa 9 mayga o‘tar kechasi "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!