O‘zbekiston gimnastika federatsiyasiga yangi rais saylandi

Bugun bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasida “O‘zavtosanoat” AJ kompaniyasi boshqaruv rahbari Shavkat Bo‘ronovich Umrzoqov nomzodi O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi raisligiga ilgari surildi va konferensiya delegatlari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlash joiz, Shavkat Bo‘ronovich boshqaruvidagi “O‘zavtosanoat” AJ ushbu federatsiya uchun begona emas. "O‘zavtosanoat" uzoq yillardan beri federatsiyaning bosh homiysi sifatida ushbu sport turini mamlakatimizda rivojlantirishda ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!