Para engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatidan fotogalereya

Xabar berganimizdek, 7-8 may kunlari Angren shahrida joylashgan "Yangiobod" sport bazasida para engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Bu galgi musobaqada rekord darajadagi sportchilar ishtirok etayotganini alohida e’tirof etish lozim. Mamlakat birinchiligida jami 600 nafarga yaqin turli hildagi nogironligi mavjud sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Ushbu musobaqa 2026 yil Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlari mezbonlik qiladigan navbatdagi Para Osiyo o‘yinlariga sportchilarni saralab olishdan iborat.

Quyida para engil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!