Qozog‘iston kubogi. "Ordabasi" qo‘shimcha bo‘limlarda mag‘lub bo‘ldi. Yaxshiboev 102 daqiqa harakat qildi, Umarov esa ...

Qozog‘iston kubogi 1/4 final bosqichidan o‘rin olgan "Ordabasi" va "Aktobe" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur bellashuvda "Aktobe" 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Uchrashuvning asosiy bo‘limlarida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha taymlarda "Ordabasi" dastlab hisobni ochgan bo‘lsa, raqib ikkita gol urib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi.

Chimkentliklar safida harakat qilayotgan legionerimiz Jasur Yaxshiboev asosiy tarkibda maydonga tushib, 102 daqiqa harakat qildi. Shahboz Umarov esa zaxirada qoldirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!