"Real" "Santyago Bernabeu"da Rafael Nadal va Rojer Federer tennis uchrashuvini tashkil qilmoqchi

  • 18 sentabr, 2022, 13:55
  • 0
  • Tennis

Madridning “Real” klubi yangilangan “Santyago Bernabeu” stadionida taniqli raketka uchsalari Rafael Nadal va Rojer Federer o‘rtasida xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazmoqchi, deb xabar beradi "ESPN".

Oldinroq Federer Leyver kubogidan so‘ng faoliyatini yakunlashini e’lon qilgandi.

Nadal va Federer turli turnirlarda o‘zaro 40 marta to‘qnash kelishgan bo‘lib, ispan tennischisi 24 marta, shveytsariyalik raketka ustasi 16 marta g‘alaba qozongan.

Ma’lumot o‘rnida, "Real" Madridning uy stadionini ta’mirlash ishlari 2023 yilning yozida yakunlanishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!