"Real" yangilangan "Santyago Bernabeu"da Federer va Nadal o‘rtasida o‘yin tashkil qilmoqchi

  • 18 sentabr, 2022, 10:06
  • 0
  • Tennis

Madridning "Real" klubi 2023 yilda yangilangan “Bernabeu”da katta tennis bahsini o‘tkazmoqchi.

Aniqrog‘i, "qirolli klubi" rekonstruktsiyadan o‘tgan "Santyago Bernabeu"da ikki afsonaviy tennischilar – Rojer Federer va Rafael Nadal o‘rtasida o‘yin tashkil qilmoqchi.

AS nashri xabariga ko‘ra, Madrid klubi 2023 yilning yozida stadionda ta’mirlash ishlari yakunlangach, ko‘rgazmali o‘yin tashkil etishni rejalashtirgan. Gap shundaki, qayta yig‘iladigan maysa “Real”ga "Santyago Bernabeu"da har qanday turdagi tadbirlar uchun zarur bo‘lgan sirtni o‘rnatishga imkon beradi.

Eslatib o‘tamiz, Nadal “Real”ga muxlislik qiladi. Federer esa yaqinda faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. Uning so‘nggi turniri kelasi haftada Londonda bo‘lib o‘tadigan Leyver kubogi bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!