Rossiyalik tennischi Qozog‘iston fuqaroligini olmoqchi

  • 19 oktabr, 2022, 09:28
  • 0
  • Tennis

Qozog‘iston tennis federatsiyasi Aleksandr Shevchenkoning fuqaroligini o‘zgartirmoqchiligi haqida bayonot berdi.

“OAVda rossiyalik tennischi Aleksandr Shevchenko sport fuqaroligini o‘zgartirgani va bundan buyon u Qozog‘iston terma jamoasida o‘ynashi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Qozog‘iston tennis federatsiyasi haqiqatan ham Aleksandr Shevchenkodan murojaat olganini ma’lum qiladi va bu hozirda ko‘rib chiqilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimiz nomidan o‘ynashni xohlovchi tennischilar bizga muntazam ravishda murojaat qilishadi. Biz esa har bir holatni ehtiyotkorlik bilan bilan ko‘rib chiqamiz. Agar biron-bir o‘tish sodir bo‘lsa, federatsiya bu haqda xabardor qiladi”, - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Shevchenko ayni damda ATP reytingida 146-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!