Superliga. "Dinamo" - "Olimpik" o‘yini qoldirildi, "Paxtakor" - "Metallurg" bahsining sanasi o‘zgardi

Ayni vaqtda U23 O‘zbekiston terma jamoasi Qatarda bo‘lib turibdi. Ertaga - 3 may kuni jamoamiz U23 Osiyo kubogining final uchrashuvida Yaponiyaga qarshi saf tortadi. 

Mazkur bellashuv oldidan Temur Kapadze Superliga 6-turidan o‘rin olgan "Dinamo"ga qarshi bellashuvni qoldirishni so‘radi. Terma jamoa a’zolari 4 may kuni tongda Toshkentga etib keladi. Liga termamizning ehtimoliy finalda to‘p surishini inobatga olib, "Olimpik" ishtirokidagi bellashuvni turning eng so‘nggi kuni — 7 mayga belgilagan edi. Shunday bo‘lsa-da, mavjud holat inobatga olinib, Liga Kapadzening taklifini  bu safar ham qanoatlantirishga qaror qildi. 

Shuningdek, 7 may kungi 1 ta o‘yin qoldirilganidan kelib chiqib, o‘sha uchrashuv uchun rejalashtirilgan texnika bilan "Paxtakor" — "Metallurg" uchrashuvi o‘tkazilishi yuzasidan kelishildi. Ya’ni, "Paxtakor" ishtirokidagi o‘yin 6 may sanasidan 7 mayga ko‘chirildi. 

Ma’lumot uchun, U23 O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogiga jo‘nab ketishi oldidan Superliga 5-turidan o‘rin olgan uch uchrashuv: "Nasaf" — "Navbahor", "Neftchi" — "Paxtakor", "Metallurg" — "Olimpik" bellashuvlari ham qoldirilgandi. Endilikda qoldirilgan bellashuvlar soni 4 tani tashkil etmoqda. Ularning qachon o‘tkazilishi keyinroq ma’lum qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
expert Umid-informatik
02/05/2024 16:39
Ғалаба
expert Umid-informatik
02/05/2024 16:38
Терма 23 мухим