Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari. "Paxtakor" va Ro‘ziqul Berdievga jarima, boshqalar ham chetda qolmadi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Superliga.
“Bunyodkor” — “Dinamo plyus”

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Dinamo plyus” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Tohir To‘xtasinov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Tohir To‘xtasinovga (Bunyodkor) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Lokomotiv” — “Andijon”

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Andijon” uchrashuvining 90+2 daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi Sardor Azimov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sardor Azimovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Paxtakor” — “So‘g‘diyona”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Paxtakor” — “So‘g‘diyona” uchrashuvi komissarining ogohlantirishiga qaramay “Paxtakor” jamoasi a’zolari tanaffus vaqtida maydonga belgilangan vaqtdan kech chiqqanligi, bu bilan turnir “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 16.2-bandida belgilangan tartibga rioya qilmagani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Paxtakor” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Dinamo plyus” — “Metallurg”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Dinamo plyus” — “Metallurg” uchrashuvining 65-daqiqasida “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Sanjar Shoahmedov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sanjar Shoahmedovga (Dinamo) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Paxtakor” — “So‘g‘diyona”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Paxtakor” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 65-daqiqasida “So‘g‘diyona” futbol klubi futbolchisi Lyupche Doriev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Lyupche Dorievga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

OKMK — “Bunyodkor”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi OKMK — “Bunyodkor” uchrashuvining 66-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi murabbiyi Anvar G‘ofurov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Anvar G‘ofurovga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon”— “Nasaf”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Andijon”— “Nasaf” uchrashuvining 42-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev yon hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ro‘ziqul Berdievga (Nasaf) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Metallurg” — “Sirdaryo FA”

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi “Metallurg” — “Sirdaryo FA” uchrashuvining 14-daqiqasida “Metallurg” futbol klubi futbolchisi Mirg‘iyos Sulaymonov simulyasiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mirg‘iyos Sulaymanovga (Metallurg) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik” — “Neftchi”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Olimpik” — “Neftchi” uchrashuvining 78-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Botirali Ergashev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Botirali Ergashevga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Olimpik” — “Neftchi” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Olimpik” futbol klubi futbolchisi Akbar Abdirasulov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Akbar Abdirasulovga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Olimpik” — “Neftchi” uchrashuvining 90+11-daqiqasida “Olimpik” futbol klubi futbolchisi Jaloliddin Sodiqov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jaloliddin Sodiqovga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston kubogi
“Lokomotiv” — “Zomin”

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Zomin” uchrashuvining 85-daqiqasida “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Abdulazizxon Abdurashidov yon hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdulazizxon Abdurashidovga (Lokomotiv) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Sho‘rtan”

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 66-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Ulug‘bek Xudoyberdiev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ulug‘bek Xudoyberdievga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Sho‘rtan”

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 71-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchilari Amir To‘raqulov hamda Suhrob Izzatovlar bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Amir To‘raqulovga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi, shuningdek, Suxrob Izzatovga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf” — “Navbahor lochinlari”

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi “Nasaf” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining tanaffus vaqtida “Nasaf” futbol klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ro‘ziqul Berdievga (Nasaf) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Do‘stlik Toshkent” – “Sirdaryo FA”

O‘zbekiston Kubogi 3-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” – “Sirdaryo FA” uchrashuvining 83-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi A. O‘rinboev raqib o‘yinchisining ko‘krak qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Asrorbek O‘rinboevga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Dinamo plyus” — “Navbahor lochinlari”

O‘zbekiston Kubogi 3-turi doirasidagi “Dinamo plyus” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 80-daqiqasida “Dinamo plyus” futbol klubi futbolchisi Fransis Narx bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Fransis Narxga (Dinamo plyus) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon” — “Nasaf”

O‘zbekiston Kubogi 3-turi doirasidagi “Andijon” — “Nasaf” uchrashuvining 80-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Murodbek Raxmatov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Murodbek Raxmatovga (Nasaf) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon” — “Dinamo plyus”

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi “Andijon” — “Dinamo plyus” uchrashuvining 77-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi Bektemir Abdumannonov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilangan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Bektemir Abdumannonovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Neftchi” — “Metallurg”

O‘zbekiston Kubogi 3-turi doirasidagi “Neftchi” — “Metallurg” uchrashuvining 35-daqiqasida “Metallurg” futbol klubi futbolchisi Rahimjon Davronov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Proliga 5-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Aral” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Aral” futbol klubi futbolchisi Shahzod Turopov bosh qismi bilan raqib o‘yinchisini bosh qismiga zarba bergan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shahzod Turopovga (Aral) nisbatan 4 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) hamda jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qo‘qon-1912” — “Xorazm”

Proliga 4-turi doirasidagi “Qo‘qon-1912” — “Xorazm” uchrashuvining 33-daqiqasida “Xorazm” futbol klubi futbolchisi Mo‘minjon Meliev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mo‘minjon Melievga (Xorazm) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Mash’al” — “Sho‘rtan”

Proliga 4-turi doirasidagi “Mash’al” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 87-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Sherzodbek Abduraimov bosh qismi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sherzodbek Abduraimovga (Sho‘rtan) nisbatan 10 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm” — “Sho‘rtan”

Proliga musobaqasining 2-turi doirasidagi “Xorazm” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 37-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Jo‘rabek Mannonov yordamchi hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jo‘rabek Mannonovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm” — “Sho‘rtan”

Proliga musobaqasining 2-turi doirasidagi “Xorazm” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 70-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Nodirbek Mukarov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nodirbek Mukarovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Buxoro” — “Mash’al”

Proliga 5-tur doirasidagi “Buxoro” — “Mash’al” uchrashuvining 72-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Islom Rashidxonov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Islom Rashidxonovga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Do‘stlik Toshkent” — “Buxoro”

Proliga 4-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Buxoro” uchrashuvining 18-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Bakaev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ulug‘bek Bakaevga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Proliga 4-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Buxoro” uchrashuvining 90-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Elyor Orifov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Elyor Orifovga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Sho‘rtan” — “Do‘stlik Toshkent”

Proliga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Do‘stlik Toshkent” uchrashuvining 61-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi Jamoliddin Hikmatov to‘p uchun kurashish vaqtida oyoq qismi bilan raqib o‘yinchisining ko‘krak qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jamoliddin Hikmatovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Aral” — “Qo‘qon-1912”

Proliga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Aral” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 48-daqiqasida “Qo‘qon-1912” futbol klubi futbolchisi Sergey Petrov simulyatsiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sergey Petrovga (Qo‘qon-1912) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Aral” — “Qo‘qon 1912”

Proliga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Aral” — “Qo‘qon 1912” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Qo‘qon 1912” futbol klubi futbolchisi Javohir Husanov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Javohir Husanovga (Qo‘qon 1912) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik Mobiuz” — “Mash’al”

Proliga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Olimpik Mobiuz” — “Mash’al” uchrashuvining 38-daqiqasida “Olimpik Mobiuz” futbol klubi futbolchisi Ro‘ziboy Fayzullaev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ro‘ziboy Fayzullaevga (Olimpik Mobiuz) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Proliga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Olimpik Mobiuz” — “Mash’al” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Mash’al” futbol klubi futbolchisi Islombek Baratov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Islombek Baratovga (Mash’al) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Buxoro” — “Xorazm”

Proliga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Buxoro” — “Xorazm” uchrashuvining 21-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Shirinboy Abdullaev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shirinboy Abdullaevga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Do‘stlik Toshkent” — “Olimpik Mobiuz”

Proliga musobaqasining 2-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Olimpik Mobiuz” uchrashuvining 26-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi Anvarjon Alijonov simulyatsiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Anvarjon Alijonovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Proliga musobaqasining 2-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Olimpik Mobiuz” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi Xushnudbek Avilov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Xushnudbek Avilovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm” — “Sho‘rtan”

Proliga musobaqasining 2-turi doirasidagi “Xorazm” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 25-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Muxriddin Zoirov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Muxriddin Zoirovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm” — “Do‘stlik Toshkent”

Proliga musobaqasining 5-turi doirasidagi “Xorazm” — “Do‘stlik Toshkent” uchrashuvining 52-89-daqiqalarida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi Izzatillo Orifov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochkalar olib maydondan chetlashtirilgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Izzatillo Orifovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Do‘stlik Toshkent” — “Buxoro”

Proliga 4-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Buxoro” uchrashuvining 18-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi shifokori San’at Bomurotov zahira hakami sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, San’at Bomurotovga (Buxoro) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
09/05/2024 15:14
Мурббий хакам билан тортишса сарик олса жаримага тортилса мураббийлик нимага керак нахотки бу хакамлар осмондан тушган булса булар куп холатда бир томонлама хакамлик килади буларни кимдир мухокама килиши керакку ёки булар мураббийдан хам билимлими чала сводку хаммаси.
Ilhomjon Feyz
09/05/2024 02:39
Пахтакор клубига 25 минг сўм жарима берилдими.
&
Xoliqulov.shaxobiddin
08/05/2024 22:03
Besh tashabus alimpiyodalarida fudbol musoboqalarida qatnashmoqchiman
&
Xoliqulov.shaxobiddin
08/05/2024 22:03
Besh tashabus alimpiyodalarida fudbol musoboqalarida qatnashmoqchiman