Tennis. Dunyoning 1-raqamli raketkasi Australian Open da ishtirok etmaydi

  • 7 yanvar, 2023, 12:35
  • 0
  • Tennis

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Karlos Alkaras Avstraliya ochiq chempionatida ishtirok etmaydi. Bu haqda sportchining o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

“Mavsumga tayyorgarlik jarayonida g‘ayritabiiy harakatlar tufayli jarohat oldim. Bu safar o‘ng oyoqdan.

Men Avstraliyada eng yaxshi darajamga erishish uchun juda ko‘p mehnat qildim, lekin afsuski, Koyongdagi turnirda va Australian Open’da o‘ynay olmayman. Bu qiyin, lekin men optimist bo‘lib, sog‘ayib, olg‘a intilishim kerak. 2024 yilda ko‘rishguncha, Australian Open”, — deb yozadi ispaniyalik tennischi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!