Tennis. Medvedov 25 mln dollardan ortiq mukofot puli yutgan tarixdagi 16-tennischiga aylandi

  • 1 noyabr, 2022, 12:56
  • 0
  • Tennis

Rossiyalik tennischi Daniil Medvedev Venadagi turnirda g‘olib chiqqani uchun 435 ming dollar ishlab oldi.

Shunday qilib, uning faoliyati davomida ishlab topgan mukofot jamg‘armasi hozirda 25 431 456 dollarni tashkil etadi.

Qayd etish lozimki, Medvedev mukofot pullari 25 million dollarlik marradan o‘tgan 16-tennischiga aylandi.

Ma’lumot uchun, tennis tarixida eng ko‘p mukofot puli jamg‘argan sportchi Novak Jokovich hisoblanadi. U shu kungacha 159,5 million dollar ishlab olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!