Tennis. Rossiyaning birinchi raketkasi WTA reytingida kuchli o‘nlikni tark etadi. Sababi...

  • 7 sentabr, 2022, 10:29
  • 0
  • Tennis

Rossiyaning birinchi raketkasi Darya Kasatkina US Open natijalariga ko‘ra WTA reytingining kuchli 10taligini tark etadi.

U turnirni to‘qqizinchi o‘rindan boshladi va birinchi davradayoq mag‘lub bo‘ldi. Endi ushbu musobaqaning chorak finalchisi Kori Gauff va yarim finalchisi Karolin Garsiya reytingda Kasatkinadan o‘tib ketadi.

Bundan tashqari, agar Karolina Pliskova musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan taqdirda, u ham Kasatkinani ortda qoldirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!