Topuriya kelasi yili Ronalduni ortda qoldirmoqchi

  • 2 may, 15:10
  • 0
  • MMA

Yarim engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya yaqinda bergan intervyusida kelasi yili dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi sportchi bo‘lishini aytdi. Ma’lumot uchun, o‘tgan yili dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi sportchisi yil davomida 275 million dollar ishlab topgan portugaliyalik afsonaviy futbolchi Krishtianu Ronaldu bo‘lgan edi.

"Mana, men sizga shuni aytaman. 2025 yilda dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi sportchisi bo‘lishimga shubham yo‘q. Bu aniq. Rostini aytsam, bu amalga oshmasa, hayron bo‘laman", - dedi Topuriya.

 Eslatib o‘tamiz, yaqinda "Real Madrid" muxlisi bo‘lgan Topuriya o‘zining ijtimoiy tarmoqlariga "Barselona" afsonasi Lionel Messi bilan tushgan suratlarini bir necha bor argentinalik futbolchiga qoyil qolgan holda joylagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!