Ukrainalik tennischi nega rossiyalik raqibiga qo‘l uzatmaganini aytdi

  • 8 mart, 2023, 13:12
  • 1
  • Tennis

Ukrainalik tennischi Marta Kostyuk Ostinda bo‘lib o‘tgan ATX Open turniri finalida qozongan g‘alabasidan so‘ng rossiyalik raqibi Varvara Gracheva bilan qo‘l berib ko‘rishmaganini izohladi. Aytish kerakki, ukrainalik tennischi ushbu finalda rossiyalik raqibidan 6:3, 7:5 hisobida ustun keldi.

“Mening bu harakatlarim oldindan rejalashtirilgan edi. Finaldan oldin WTA vakillari bilan suhbat bo‘ldi, ular taqdirlash marosimi, fotosessiya va hokazolarni qanday xohlashimni so‘rashdi. Men darhol qo‘l berib ko‘rishmasligimni, suratga tushmasligimni ogohlantirdim, shuning uchun ular bunga tayyor edi. Bu ularni ajablantirmadi.

Varvara shaxsan yoki ommaviy ravishda [Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini] qoralamadi, bu esa men uchun u hozir sodir bo‘layotgan voqealarni qo‘llab-quvvatlashini bildiradi", - dedi Kostyuk.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
08/03/2023 17:36
Жуда ту'гри ва маъноли су'з лар