“Ural FC 6” turnirida o‘zbek o‘g‘loni jang qiladi!

1 mart kuni Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan Xalqaro boks markazida  xos jang kechasi tashkil etiladi. Ya’ni, “Ural FC 6” turniri bo‘lib o‘tadi. Biz uchun ahamiyatli jihati, mazkur jang oqshomida hamyurtimiz Muhriddin Eshonqulov ham ishtirok etadi. U rossiyalik Ivan Abramovga qarshi bahs yuritadi. Ushbu qarama-qarshilik qo‘lqoplarsiz o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Eshonqulovning professional ko‘rsatkichi 1-2 bo‘lsa, Abromovning rekordi 0-1 ko‘rinish olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!