"US Open". Nadal ham turnirdagi yurishini erta yakunladi

  • 7 sentabr, 2022, 15:06
  • 0
  • Tennis

Tennis bo‘yicha Amerika ochiq chempionatining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida 1/8 final bosqichi ortda qoldi.

E’tiborlisi, chempionlik uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rilayotgan Rafael Nadal kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi va raketkalarini g‘ilofiga joylashga majbur bo‘ldi.

Mezbonlar vakili Frensis Tyafuga qarshi kortga chiqqan Rafa 4:6, 6:4, 4:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bundan tashqari, Andrey Rublyov Kemron Norrini (6:4, 6:4, 6:4), Karen Xachanov Pablo Karreno Bustani (6:4, 3:6, 1:6, 6:4, 6:3), Karlos Alkaras Marin Chilichni (6:4, 3:6, 6:4, 4:6, 6:3), Yannik Sinner Ilya Ivashkoni (6:1, 5:7, 6:2, 4:6, 6:3) mag‘lub etib, kuchli sakkizlikka kirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!