Vakillarimiz "FIG BSB Bank World Challenge Cup 2019" turnirida ishtirok etishadi.

Bugun, Belarus poytaxti Minsk shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichi doirasidagi FIG BSB Bank World Challenge Cup 2019 turniri start oladi. Mazkur turnirda 36 mamlakatdan 230 nafar badiiy gimnastika malikalari ishtirok etadi. Jumladan, yurtdoshlarimiz ham Ekaterina Fetisova boshchiligida gimnastikachilarimiz Nilufar Shomurodova, Dinara Ravshanbekova, Sofiyabonu Kasimova, Kamola Irnazarova, Kseniya Aleksandrova hamda Sevara Safoevalar jamoaviy baxslarda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!