Vinisius: "Biz bu borada mashg‘ulotlarda ko‘p ishlaymiz"

EChL yarim finalidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Real" uchrashuvida tomonlar durangga imzo chekdi. Dastlab, Vinisius hisobni ochgan bo‘lsa, Sane imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Oradan ko‘p o‘tmay Keyn jamoasini oldinga olib chiqdi. Vinisius ham penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi. O‘yindan keyin esa braziliyalik vinger o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Kroosning pasi? Biz bu borada mashg‘ulotlarda ko‘p ishlaymiz. Toni har doim mening gol urishimni osonlashtiradi. Jamoaning saviyasidan mamnunman. Biz o‘sishimiz kerak, lekin shunday davom etsak, muvaffaqiyatga erisha olamiz. Finalga chiqish vaqti keldi", - dedi Vinisius. 

Juniorning birinchi golida Kroos ajoyib tarzda uni birga-bira vaziyatga chiqarib yubordi. Vini esa bundan foydalana oldi. 

Rasm

Eslatib o‘tamiz, 9 mayga o‘tar kechasi ushbu bahsning javob o‘yini bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!